
"Bavariya" "Inter" futbolchisini xarid qilmoqchi
Bild nashri xabariga ko‘ra, "Bavariya" xorvatiyalik xavbek Ivan Perishichning o‘yinidan qoniqmoqda va uni 20 million evroga xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, xorvatiyalik "Inter" futbolchisi hisoblanib, germaniyaliklar tarkibida ijara asosida to‘p surmoqda.
Joriy mavsumda xavbek Bundesligada 15 ta o‘yinda 4 tadan gol va gollik uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar