“Bavariya” futbolchisi klubga katta shart qo‘ydi

  • 7 iyul, 2020, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” tarkibida Germaniya chempionligini qo‘lga kiritgan avstriyalik David Alaba boshqa grandlardan o‘ziga bo‘layotgan takliflardan ancha ruhlangan ko‘rinadi.

Tecno

O‘n yildan buyon myunxenliklar tarkibida to‘p surib kelayotgan universal himoyachi “Bavariya”da qolish uchun o‘ta katta miqdorda maosh talab qilmoqda. Alaba jamoa etakchilari – Robert Levandovski, Manuel Noyer va yangi kelib qo‘shilgan Leroy Sane singari yiliga 20 million evrodan kam bo‘lmagan maosh so‘ramoqda.

Agar uning bu talabi qondirilmasa, 28 yoshli futbolchi boshqa klubga o‘tib ketishini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!