
“Bavariya” etakchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Manuel Noyer “Bavariya” bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi.
Fabritsio Romanoning xabar berishicha, nemislar Noyer bilan yana bir yilgacha shartnomasini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Manuelning amaldagi shartnomasi esa 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan edi. Yangi taklifning bandiga ko‘ra, germaniyalik futbolchi yana bir mavsum klub safida qoladi.
Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli posbon 2011 yil “Shalke” klubidan “Bavariya” safiga kelib qo‘shilgan. Ushbu payt mobaynida 540 ta uchrashuvda maydonga tushib, 440 ta golni o‘z darvozasidan olib chiqqan holda, 256 ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar