
"Bavariya" bosh murabbiy bilan yangi shartnoma imzoladi
"Bavariya" klubi bosh murabbiy Xans-Diter Flik bilan shartnomani uzaytirganini ma’lum qildi.
55 yoshli mutaxassis 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiluvchi yangi bitim imzoladi.
Flik 2019 yilning iyulida Niko Kovachga yordamchi murabbiy etib tayinlangandi va noyabr oyiga kelib, bosh murabbiyga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Bundesliganing 25-turidan so‘ng, Myunxen klubi "Borussiya Dortmund"dan 4 ochko ko‘proq jamg‘arib, birinchi pog‘onani egallab turipti.
Fikrlar