
"Bavariya" "Barselona" futbolchisini ijaraga olmoqchi
"Barselona" yarim himoyachisi Pedriga Germaniya chempionatidan qiziqish bo‘lmoqda.
"Bavariya" va "Borussiya Myunxengladbax" klublari 17 yoshli ispaniyalik futbolchi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. "Ko‘k-anor ranglilar" ayni damda takliflarni o‘rganib chiqmoqda.
Pedri "Barsa"ga 2019 yil kuzida "Las-Palmas"dan 5 million evroga xarid qilingan. Joriy mavsumni u ushbu klub safida ijarada o‘tkazdi.
Segundada 36 ta uchrashuvda maydonga tushgan Pedri 4 ta gol va 6 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar