
BATE g‘alaba qozondi. Shahboz Umarovdan assist (video)
Bugun Belarus Oliy ligasida 12-tur o‘yinlari start oldi. Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan BATE jamoasi o‘z maydonida "Neman"ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va jamoasining birinchi goliga assistentlik qildi. Bu uning joriy mavsumdagi 5-golli uzatmasi bo‘ldi. 22 yoshli futbolchi bundan tashqari, borisovliklar safida 5 ta gol kiritishga erishgan va gol+pas tizimida 10 ochkoga ega bo‘lib turibdi.
Bugungi g‘alabadan so‘ng BATE hisobidagi ochkolar soni 29 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.
Belarus Oliy ligasi. 12-tur
BATE - "Neman" 3:0
Gollar: Nexaychik (14), Skavish (76), Signevich (83).
Fikrlar