
Bartomeuning siri ochildi
Chempionlar ligasida “Barselona” ustidan 8:2 hisobidagi g‘alabaga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan tezkor himoyachi Alfonso Devisni o‘z vaqtida kataloniyaliklarga tavsiya qilishgani oshkor bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Devis MLSda o‘ynab yurgan kezlari yaqin o‘tmishning mashhur futbolchisi Xristo Stoichkov kataloniyaliklar prezidenti Bartomeu bilan bir necha marotaba uchrashib, Devisni transfer qilishni so‘ragan.
Bartomeu o‘shanda: “U kanadalik, u menga yoqmaydi”, deb javob bergan.
Keyinroq, 19 yoshli futbolchini “Bavariya” qo‘lga kiritdi va yakunlangan mavsumda Devis Bundesliganing eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etildi.
Fikrlar