
"Barselona"ning sobiq futbolchisiga Italiya va Angliya grandlari qiziqish bildirmoqda
"Nitstsa" himoyachisi Jan-Kler Todiboga Angliya va Italiyaning top-klublari qiziqish bildirmoqda.
L'Équipe nashrining xabar berishicha, 23 yoshli frantsiyalik futbolchiga APL klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Italiya klublari, jumladan, «Napoli» va «Yuventus» ham «Barselona»ning sobiq futbolchisi bilan bir necha oydan beri aloqada.
O‘z navbatida "Nitstsa" Jan-Klerni 30-40 million evro evaziga qo‘yib yuborishi mumkin. Futbolchining frantsuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Todibo joriy mavsum Frantsiya chempionatida 30ta o‘yinda maydonga tushdi. U yaqinda Frantsiya terma jamoasiga ham chaqirildi.
Fikrlar