
"Barselona"ning sobiq futbolchisi faoliyatini tugatish haqida jiddiy o‘ylamoqda
31 yoshli frantsiyalik himoyachi Samuel Umtiti futbolchilik faoliyatini tugatish haqida o‘ylab qoldi. Agar u 10 sentyabrga qadar yangi klub topmasa, professional maydonlardagi chiqishlariga nuqta qo‘yishi mumkin.
Umtiti 1 iyuldan beri erkin agent hisoblanadi. Uning "Lill" bilan tuzgan 2 yillik shartnomasi muddati tugadi va u so‘nggi marta 2024 yil yanvar oyida maydonga tushgan.
Tizzasidagi ikki operatsiyadan keyin sobiq "Barselona" futbolchisi fevral oyida ham faoliyatini yakunlash haqida o‘ylab ko‘rgan edi.
Fikrlar