
"Barselona"ning potentsial yangi prezidenti jamoa murabbiyligiga umuman kutilmagan nomzodni ilgari surmoqda
"Barselona" prezidenti prezidentlik saylovlarida hozirgi paytda eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘alaba qozonishga yaqin turgan Joan Laporta jamoa murabbiyini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
"Goal.com" nashrining ma’lum qilishicha, u Mikel Artetani Ronald Kuman ketgach, jamoa murabbiylik kursisida ko‘rmoqchi.
Ispaniyalik mutaxassisning "Arsenal" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qilishi ko‘zda tutilgan.
Fikrlar