"Barselona"ning olti nafar futbolchisi sotilmasligi kafotlangan

  • 25 dekabr, 2022, 06:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning "Barselona" klubi umuman sotiliaydigan futbolchilar borasida bir qarorga keldi.

Tecno

Himoyachilar - Jyul Kunde, Ronald Arauxo, yarim himoyachilar - Gavi, Pedri va hujumchilar - Robert Levandovski va Ansu Fati hozircha jamoada qolishi aniq. Bu haqda "Sport.es" xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yozgi transferlar oynasida bitta muhim o‘yinchi jamoani tark etishi mumkin, ammo u yuqorida yozilgan ro‘yxatdagi futbolchi bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anorranglilar" Ispaniya chempionatining 14 turida 37 ochko jamg‘argan holda, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ular ikkinchi o‘rindagi "Real Madrid"dan ikki ochkoga ortda qoldiryapti.

Evropa ligasining 1/16 finalida Xavi shogirdlari "Manchester Yunayted" bilan uchrashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!