
"Barselona"ning muvaffaqiyatsizliklari davom etadi
La Liga 5-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Granada" uchrashuvi yakuniga etdi. Ushbu o‘yinda "ko‘k-anorranglilar" o‘z maydonida 1:1 hisobida durang natija qayd etdi va kerakli ochkolardan mahrum bo‘ldi.
Bahsning ikkinchi daqiqasida Duarte hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqa Arauxo jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Mazkur natijadan so‘ng Kataloniya klubi ochkolari sonini 8 taga etkazib qo‘ydi. Kuman shogirdlari ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida ettinchi o‘rinda bormoqda. "Granada" hisobida hozircha 3 ochko bor va ular 17-o‘rindan joy olgan.
Fikrlar