"Barselona"ning eng qimmat futbolchilari kimlar?

  • 14 oktabr, 2023, 16:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatidan uchta yarim himoyachi o‘rin olgan.

Tecno

Yaqinda mashhur "Transfermarkt" internet portali La Liga futbolchilarining narxini yangiladi. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, "Barselona"ning eng qimmat futbolchisi yarim himoyachi Pedri bo‘lib qolmoqda, uning narxi 100 million evro. Ikkinchi o‘rinni 19 yoshli yarim himoyachi Gavi (90 million evro) saqlab qoldi, biroq uchinchi pog‘onada o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ronald Arauxoning (70) o‘rnini yarim himoyachi Frenki de Yong egalladi, uning transfer narxi dar hol 15 million evroga ko‘tarilib, hozir Gavi kabi 90 million evroni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, to‘qqizinchi turdan so‘ng “Barselona” Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!