
"Barselona"ga raqobatchi paydo bo‘ldi
"Bavariya" himoyachisi Benjamin Pavar faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
"Corriere dello Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, unga "Inter"dan qiziqish bor. Milanliklar qishki transfer oynasi vaqtida frantsiyalik futbolchini olib kelishga harakat qilgan, ammo myunxenliklar bunga rad javobini bergan.
Avvalroq, Benjaminga "Barselona"dan jiddiy qiziqish borligi xabar qilingandi. "Bavariya" Portugaliya terma jamoasi a’zosi Joau Kanseluni o‘z tarkibiga qo‘shib olganidan keyin Pavarning kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.
Uning "qizillar" bilan shartnomasi 2024 yilga qadar mo‘ljallangan. Klub Benjamin uchun 30 million evro so‘ramoqda.
Fikrlar