
"Barselona"dagi Trinkao bilan "Braga"da birga ishlaganman, "Andijon" bunday o‘yini bilan pastki o‘rinlarga munosib emas" - Mikael Sekeyra ishtirokida matbuot anjumani
Bugun Coca-Cola Superliganing 9-tur bahslariga start berildi. “Andijon” o‘z maydonida “Lokomotiv”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.
O‘yin yakuniga etganidan keyin mehmonlarning portugaliyalik bosh murabbiyi Mikael Sekeyra jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
- O‘yin haqida fikringiz qanday?
- Yaxshi, chiroyli o‘yin bo‘ldi. “Andijon” ham yaxshi jamoa. Biz uchrashuvga jiddiy tayyorlangandik. Bu oson o‘yin bo‘lmasligini yaxshi bilardik. Dastlabki 20 daqiqadan keyin o‘yinni o‘z qo‘limizga olishga harakat qildik. Ikkinchi bo‘limda ham futbolchilarimiz chiroyli o‘yin namoyish qilishdi. “Lokomotiv”dagi futbolchilarimni ham tabriklab qolaman. Ular oldiga qo‘yilgan vazifani bajardilar. 1:0 hisobida yutqazib turib, yakunda uni 1:2 ga aylantirishning o‘zi bo‘lmaydi. “Andijon” muxlislarini ham tabriklab qolaman. Ular stadionda ajoyib muxlislik madaniyatini ko‘rsatib berishdi. Ikkinchi marotaba Andijonga keldim va bu stadionni yaxshi ko‘raman. Shu bilan birga uning ishqibozlarini ham hurmat qilaman. Jamoamizning bugungi g‘alabasi adolatli bo‘ldi.
- Kubok bahsida ham, chempionat doirasida ham “Lokomotiv” “Bobur arena”da yutdi. Sizningcha, “Andijon” jamoangiz uchun qulay raqibmi?
- Yo‘q. “Andijon” yaxshi jamoa. Ular birinchi bo‘limda o‘yinni ajoyib boshlashdi. To‘g‘ri, ular jadvalda oxirgi o‘rinlardan biriga joylashib qolgan. Ammo “Andijon” bunday o‘yini bilan pastki o‘rinlarga loyiq emas, yuqori pog‘onalarda bo‘lishi lozim.
- Legioner o‘yinchi - Bardanka oxirgi paytlarda asosiy tarkibga kira olmayapti. Uni nima maqsadda jalb qilgandingiz? Yoki u raqobatda yutqazyaptimi?
- Bu vaziyatda hech qanday muammo yo‘q. Har bir o‘yinchiga vazifa qo‘yilgan, kim o‘zini yaxshi his qilsa, shular maydonga tushadi. Buni o‘zim yaxshi his qilganim uchun bugun yaxshi holatdagi futbolchilarni tushirdim.
- Portugaliyada ancha vaqt ishlagansiz. Shogirdlaringizdan kimdir ayni paytda Evropaning top-5 chempionatlaridan birida to‘p suryaptimi?
- “Barselona”dagi Trinkaoni aytishim mumkin. Yana qo‘l ostimda to‘p surgan boshqa futbolchilar bor. “Braga”da yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan chog‘imda Trinkao to‘p surardi va keyin “Barselona”ga ketgan. Taniqli o‘yinchilardan shuni ayta olaman.
- “Braga”dagi stadion ajoyib edi. “Lokomotiv” stadioni bilan solishtirganda qanaqa farqlari bor?
- “Lokomotiv” stadioni ham menga yoqadi. Men “Braga”da katta bo‘lganman. O‘zbekistonda ham yaxshi stadionlar va maydonlar bor. O‘zbek klublari akademiyalarga ham pul ajratishlari kerak.
Fikrlar