
"Barselona"da yangi serial boshlandi!
Biroz avval saytimiz orqali Xavining ketishi aniqlashgani haqida xabar tarqatgandik. Nafaqat, biz balki butun dunyo matbuoti bu haqida yozmoqda. Ammo ispaniyalik mutaxassis yana hali ham so‘nggi qarorga kelmagani borasida mish-mishlar chiqmoqda. Keling, yaxshisi nimalar bo‘layotganiga bir nazar tashlab ko‘ramiz.
"Barselona" Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan keyin va La Liga uchun kurashda endi yoqligini hisobga olgan holda rahbariyat va Xavi o‘zaro uchrashuv belgilashni ma’qul ko‘rishdi, ya’ni endi bemalol kelajakni muhokama qilish vaqti keldi. Maqsad 44 yoshli ispanni qolishga ko‘ndirish, lekin ichkaridagi ayrimlar uning ketishini xohlashadi. Ammo eng asosiysi, Joan Laporta klub afsonasini jamoa bilan kamida yana bir yil ishlashini istayotganida. Shu sababli, prezident murabbiydan osonlikcha voz kechmoqchi emas.
Bugun muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda Deku, Xavi va Laporta ishtirok etishdi. Portugaliyalik sport direktori 1 soatlik suhbatda murabbiylar shtabidagi ikkita insonni ketishini talab qilgan, lekin "Barsa" ustozi bunga rozi bo‘lmagan. Uchrashuv shu tariqa tugagan va hamma tarqalgan.
Oradan ko‘p ham o‘tmay klubning ishonchli insayderlaridan biri Jerard Romero ikkinchi muzokaralar boshlanganini ma’lum qildi. Bu safar manzil qilib Laportaning uyi tanlangan. Endi Xavi o‘zining so‘nggi so‘zini, ya’ni qolish qolmasligini aytadi.
Fikrlar