
"Barselona"da prezidentlik saylovi qachon o‘tkaziladi?
"Barselona"ga yangi prezident 2021 yilning yanvar oyida saylanadi.
La Vanguardia nashrining xabar berishicha, saylov 16-17, 23-24 yoki 30-31 yanvar kunlari bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu boradagi aniq ma’lumot 20 dekabr kuni ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tish lozimki, 27 oktyabr kuni amaldagi prezident Jozep Bartomeu o‘z xohishiga ko‘ra, iste’foga chiqqan edi. Uning vazifasini vaqtincha Karles Tuskets bajarmoqda.
Fikrlar