
“Barselona” yulduzi yuragini ushlab maydonga yiqildi
“Barselona” Ispaniya chempionatining 12 –turida o‘z maydonida “Alves” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvning 41-daqiqasida Serxio Aguero ko‘ksiga qo‘lini qo‘yganicha maydonga yiqildi. 33 yoshli hujumchi maydondan olib chiqilib, kardiologik tekshiruv uchun shifoxonaga olib ketildi.
- Aguero ko‘krak qafasidagi noxushlikdan shikoyat qilli va yuragini chuqur tekshirish uchun shifoxonaga yotqizildi, - deb bayonot berdi “Barselona” matbuot xizmati.
- Ahvolini so‘raganimda Serxio boshi aylanayotganini aytdi. U kasalxonaga chiqdi. Buyog‘i nima bo‘lishini bilmayman, - dedi “Barselona”ni vaqtincha boshqarayotgan murabbiy Serxi Barxuan.
Serxio Aguero kataloniyaliklar safidagi debyut mavsumda to‘rt marta maydonga tushib, raqiblar darvozasiga bitta gol urgan.
Fikrlar