"Barselona" yozda birdaniga 3 ta hujumchini tarkibga qo‘shib olmoqchi

  • 14 may, 2021, 22:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida birdaniga 3 nafar hujumchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Tecno

Marca nashrining xabar berishicha, "ko‘k-anor ranglilar" bu borada "Real Sosedad" hujumchisi Aleksandr Isak hamda tez orada erkin agentga aylanadigan Serxio Aguero va Memfis Depay bilan muzokaralar olib bormoqda.

21 yoshli Isak joriy mavsum "Real Sosedad" safida 42 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.

32 yoshli Aguero bu mavsum “Manchester Siti” safida 18 ta o‘yinda ishtirok etdi va 4 ta gol urdi.

27 yoshli Depay “Lion” safida bu mavsum 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 19 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Axmedov
15/05/2021 00:46
Битта йошро ўйинчи ва иккита қария фудболчи бу сал тушинарсиз холат келажагини кўзламаяпти шекили барселона рахбарятлари. Нима бўлса хам Реал Мадрид кучсизланмай кучайиб такиби йошариб яшнаб гулаб юраверсин контр атакалари билан рақибларини қахшатиб қурқитиб қуролик клуби қурол бўлиб ўз номини муносиб химоя қилиб