"Barselona" yarim himoyachisi bilan shartnoma uzaytirishga yaqin

  • 23 sentabr, 20:26
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi Frenki De Yong kataloniyaliklar bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, klub va futbolchi o‘rtasida muzokaralar ijobiy tarzda davom etmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" yarim himoyachiga mehnat shartnomasini 3 yilga uzaytirishni taklif qilmoqchi. Futbolchining o‘zi ham klubda qolishni istayapti. Klub rahbariyati va bosh murabbiy Xans-Diter Flik De Yongni klub loyihasining asosiy qismi sifatida ko‘radi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!