"Barselona" yangi Suaresni topdi!

  • 8 fevral, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" 17 yoshli braziliyalik hujumchiga qiziqish bildirmoqda. Diario Sport nashrining xabar berishicha, Kataloniya klubi "Atletiko Paranaense" futbolchisi Vitor Rokeni o‘z safida ko‘rmoqchi. Klublar o‘rtasida allaqachon birinchi aloqalar bo‘lgan.

Tecno

"Barsa" hujumchining yangi Luis Suares bo‘lish uchun etarli salohiyatga ega ekanligiga ishonmoqda.

Kataloniya klubi prezidentining maslahatchisi Deku va "Atletiko"ning texnik koordinatori Luis Felipe Skolari yaxshi munosabatda bo‘lgani transferning amalga oshishiga hissa qo‘shishi mumkin. Boisi ular bir-birini 20 yildan ortiq bilishadi.

Qayd etilishicha, Roke uchun kurashda “Barsa”ning asosiy raqiblari Premer-liga klublari hisoblanadi.

2022 yilda hujumchi "Atletiko Paranaense" safida barcha turnirlar doirasida jami 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!