"Barselona" Yamal bilan shartnomasini uzaytirmoqda

  • 27 may, 13:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi Ispaniyalik hujumchi Lamin Yamal bilan 2031 yilgacha bo‘lgan shartnomani uzaytirmoqda. 
 
"Ko‘k-anorranglilar"ning qanot hujumchisi Yamal va uning agenti Jorje Mendesh bugun kataloniyaliklar rahbariyati bilan uchrashadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, uchrashuvda Laminning 2031 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomasi imzolanadi. Joriy mavsumda 17 yoshli Yamal barcha musobaqalarda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 
 
Futbolchining "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt internet portali ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining narxi 180 million evroni tashkil etadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!