
"Barselona" vingerini sotish haqida jiddiy o‘ylamoqda
"Barselona" hamda Ispaniya terma jamoasi vingeri Ferran Torres Kataloniya klubini tark etishi mumkin.
"SPORT" nashri bergan xabarga ko‘ra, 23 yoshli hujumchini "ko‘k-anorranglilar" sotish yoki ikki yilga ijaraga berish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq, unga "Atletiko" Madrid hamda "Yuventus" kabi klublardan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar chiqqandi. U o‘tgan mavsum 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol hamda 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar