
"Barselona" vingeri jamoani tark etishi mumkin
"Barselona" yarim himoyachisi Abde Ezzazuli "Sevilya"ga o‘tishi mumkin.
"Relevo" nashri xabariga ko‘ra, "Sevilya" Abdeni "Fulxem"ga o‘tishi kutilayotgan Lukas Okamposning o‘rniga olib kelmoqchi. O‘z navbatida marokashlik vinger ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun "Barselona"ni tark etmoqchi.
Qayd etilishicha, Abde va ning atrofidagilar futbolchining ijaraga ketishini xohlamoqda. "Barselona" esa futbolchini sotish niyatida. Ushbu transfer klubning moliyaviy holatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Fikrlar