"Barselona" Villianni tekinga qo‘lga kiritadi

  • 1 fevral, 2020, 14:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi"ning braziliyalik yarim himoyachisi Villian yozda "Barselona" futbolchisiga aylanishi mumkin. 31 yoshli futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2020-yil 30-iyunda yakuniga etadi.

Tecno

Marca nashri xabariga ko‘ra, futbolchi "aristokratlar"ning yangi kelishuv bo‘yicha taklifiga rad javobini berdi.

Xabar qilinishicha, Braziliya terma jamoasi futbolchisi shartnoma bo‘yicha ko‘rsatilgan boshqa klublar bilan muzokaralar olib borish huquqidan foydalangan holda allaqachon kataloniyaliklar bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Shuningdek, "Barselona" Villanning agenti hisoblanadigan Sport Invest kompaniyasi bilan ham tuziladigan shartnomani shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ushbu transferdan "Chelsi"ga shartnoma muddati yakunlangani sababli tovon puli to‘lanmaydi.

Joriy mavsumda Villian "ko‘klar" libosida 23 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta gollik uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!