
“Barselona” ter Shtegendan ayrildi
“Barselona”ning asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen tizzasidan operatsiya qilindi. Endi kataloniyaliklar kamida to‘rt oy uning xizmatidan foydalana olmaydi. Nemis darvozaboni jarohatidan qutilgan taqdirda ham, sport formasini tiklab olgunicha ancha vaqt o‘tib ketadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Mark-Andre ter Shtegen butun mavsumni jarohat bilan o‘tkazgan va kelajakda qiynalmasligi uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga majbur bo‘lgan.
28 yoshli darvozabon o‘tgan mavsumda La Ligada 36 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar