"Barselona" tarbiyalanuvchisi jamoani tark etmoqchi

  • 14 may, 18:36
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RB Leyptsig" yarim himoyachisi Xavi Simons kelasi yozda jamoasini tark etish istagini bildirdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Romanoning aytishicha, 22 yoshli futbolchi allaqachon o‘z niyatini jamoa rahbariyatiga etkazgan. Simonsning xizmatlariga "Bavariya", shuningdek, nomi oshkor qilinmagan APL klublari ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchini sotib olish uchun 75 million evro to‘lanishi kutilmoqda.

Niderlandiyalik futbolchi "Barselona"ga o‘tishni orzu qilmoqda, biroq hozircha buning ehtimoli past. U joriy mavsum barcha musobaqalarda jami 34 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!