“Barselona” rahbariyati “Real” o‘yinchisidan kaltak egan futbolchini chaqiryapti

  • 11 dekabr, 2023, 09:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati va bosh murabbiy Xavi Ernandes “Vilyarreal” yarim himoyachisi Aleks Baenani transfer qilmoqchi.

Tecno

Què T'hi Jugues radiosi tarqatgan xabarga kzra, “Vilyarreal” o‘z o‘yinchisini 20-30 million evro atrofidagi summaga qo‘yib yuborishga rozi.

Baenaning o‘zi “Barselona” muxlisi hisoblanadi.

Baena “Real” etakchilaridan Federiko Valverde bilan janjallashgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan. Ispaniya chempionati uchrashuvidan keyin Valverde Baenaga musht tushirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Aleks urugvaylik o‘yinchining oilasini haqorat qilgan va buni ko‘tara olmagan Valverde uning yuziga urgan.

Baena o‘z aybini inkor qilyapti va vaziyat bo‘yicha politsiyaga shikoyat bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!