"Barselona" Rafinya o‘rniga MYu futbolchisini olib kelishni reja qilyapti

  • 19 dekabr, 2023, 20:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi jamoa vingeri Rafinyani sotishga tayyor. Klub u bo‘yicha bildiriladigan har qanday taklifni ko‘rib chiqishga qarshi emas. 

Tecno

"SPORT" nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar braziliyalik futbolchini sotish orqali "Manchester Yunayted" vakili Jeydon Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Klub bundan oldin ham Sanchoni sotib olishga harakat qilib ko‘rgan, biroq uning yuqori transfer narxi sabab moliyaviy kurashda manchesterliklarga mag‘lub bo‘lgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Sanchoning "Transfermarkt" portalidagi narxi 25 million evroni tashkil etadi. Rafinya esa xuddi shu portalda 60 million evroga baholangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!