“Barselona” qimmat futbolchini oladigan bo‘ldi

  • 28 fevral, 2021, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati “Inter” himoyachisi Alessandro Bastonini Kataloniyaga olib kelishga qaror qildi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar 21 yoshli futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashni rejalashtirmoqchi. “Inter” ham iste’dodli o‘yinchisini o‘z tarkibida saqlab qolish harakatida. Biroq, biror klub 60 million evro taklif qiladigan bo‘lsa, milanliklar bu transferga to‘sqinlik qilmaydi.

Bastoni “Inter”da 2017 yildan beri to‘p tepyapti. Uning milanliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi. O‘z vaqtida “Atalanta” va “Parma”da ham o‘ynagan himoyachi joriy mavsumda A Seriyada 20 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Shuningdek, Bastoni Evropa Chempionlar ligasida oltita bellashuvda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!