"Barselona" prezidentiga jiddiy chora ko‘rilishi mumkin

  • 9 yanvar, 19:43
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta jazolanishi mumkin. Bu haqda "AS" nashri xabar berdi.

Tecno

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) "Barselona" prezidenti Joan Laportaga qarshi tergovni boshladi. Bunga Laportaning Sport bo‘yicha oliy kengash (CSD) Kataloniya klubiga yarim himoyachi Dani Olmo va hujumchi Pau Viktorni La Liga mavsumining ikkinchi qismiga ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bergani haqidagi xabarga munosabati sabab bo‘lmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu tergov yakuni bo‘yicha Laportaga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin.

Laporta Olmo va Viktorning ro‘yxatdan o‘tgani haqidagi xabarni Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasidagi "Atletik"ga qarshi bahs oldidan (0:2) eshitdi. "Barselona" prezidenti: "Sizlar uyatsizlar! Yaramaslar!"  dedi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!