
"Barselona" Portugaliya terma jamoasi futbolchisini xarid qiladi
"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" 2023 yilning yanvarida "Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Neveshni sotib olmoqchi.
U 34 yoshli futbolchi Serxio Busketsga o‘rinbosar bo‘lishi kutilmoqda. Kataloniyaliklar 25 yoshli Neveshni 40 million evro evaziga sotib olishlari mumkin.
Joriy mavsumda Nevesh "bo‘rilar"ning barcha musobaqalar doirasidagi 11 o‘yinida 2 ta gol urdi. Yarim himoyachining ingliz klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar