
"Barselona" o‘z yulduzini qo‘ldan chiqarmoqchi emas
"Barselona" frantsiyalik vinger Usmon Dembeleni jamoada olib qolmoqchi.
Kataloniya klubi futbolchi jamoani tark etish haqida o‘ylab qolmasidan oldin u bilan shartnomani uzaytirish ilinjida. Rahbariyat 30 iyungacha bu boradagi barcha masalani hal qilmoqchi, deya xabar bermoqda "Diario Sport". Dembelening tovon puli iyul oyidan boshlab 100 milliondan 50 million evrogacha tushiriladi.
"Barselona" uchun Usmon bilan shartnomani uzaytirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Klub uni jamoada olib qolish uchun maosh va bonuslarni oshirishga harakat qiladi. Agar shunday bo‘lsa, frantsiyalik futbolchi jamoadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanishi mumkin.
Dembelening "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyunigacha davom etadi.
Usmon yakuniga etgan mavsumda La Ligada 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar