"Barselona" Olmoni qaytarishga harakat qilmoqda

  • 27 mart, 2023, 00:35
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barsa" tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Klubning keyingi maqsadi Dani Olmo bo‘lib turibdi. Futbolchining "Leyptsig" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda tugaydi. Kataloniyaliklar 24 yoshli ispandan yangi bitim imzolamaslikni so‘ragan, deya xabar berdi "Mundo Deportivo" nashri. 

Tecno

"Barsa" Olmoni erkin agent sifatida o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. U 2007-2014 yillarda "La Masiya"da tahsil olgan va 2015 yilda "Dinamo Zagreb" klubiga o‘tgan. 

Ma’lumot uchun, Dani ushbu mavsum "Leyptsig" tarkibida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!