"Barselona" MYu hujumchisini sotib olmoqchi

  • 30 noyabr, 2021, 16:08
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal faoliyatini boshqa klub safida davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Marca" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, frantsiyalik futbolchiga "Barselona"dan qiziqish bor. Kataloniyaliklar uni yaqindagina og‘ir jarohat olgan Serxio Agueroga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

O‘z navbatida, "qizil iblislar" rahbariyati ham 25 yoshli futbolchini sotishga qarshi emas. Boisi, Manchesterga Ronaldu qaytdagidan so‘ng Antoni deyarli o‘yin amaliyotisiz qolib ketdi. 

Marsyal joriy mavsum mankuniyaliklar libosida 9 uchrashuv o‘tkazib, birorta samarali harakat amalga oshira olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!