
"Barselona" MYu hujumchisi bilan og‘zaki kelishuvga erishdi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani tez orada boshqa klub safiga borib qo‘shilishi kutilmoqda.
"Diario Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Barselona" urugvaylik futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, Kavani qishda Kataloniyaga keladi va 1,5 yillik shartnoma imzolaydi.
34 yoshli hujumchi avvalgi 6 oy uchun kichikroq maosh olishga rozi. So‘ngra, "ko‘k-anorranglilar" u so‘ragan oylikni to‘laydi. U "Barsa"da yaqindagina faoliyatini yakunlagan Sarxio Agueroning o‘rnini egallaydi.
Avvalroq, "qizil iblislar" rahbriyati va Edinson amaldagi shartnomani bekor qilmoqchiligi taxmin qilinayotgandi. Boisi, futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushirilmayapti.
Fikrlar