
"Barselona" muxlislari uchun xushxabar!
"Barselona" yarim himoyachisi Pablo Gavi oradan deyarli 1 yil o‘tib yana safga qaytdi. Ispaniyalik futbolchi, La Liga doirasida "Sevilya"ga qarshi uchrashuv uchun qaytnomaga kirtildi.
Gavi oxirgi marta 2023 yilning 7-noyabr kuni maydonga tushgan edi. Endilikda, 20 yoshli xavbek tizzasidan olgan jiddiy jarohatdan to‘liq tuzalib, o‘ynash uchun tayyor.
"Barsa" va "Sevilya" o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20-oktyabr 23:55 da boshlanadi.
Fikrlar