"Barselona" muxlislari uchun xushxabar!

  • 15 aprel, 2023, 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri mashg‘ulotlarga qaytdi. Marca nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi so‘nggi kunlarda yakka tartibda shug‘ullanmoqda. Ammo uning navbatdagi turda "Atletiko"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi hamon so‘roq ostida.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Pedri Evropa ligasi pley-offidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. Shundan so‘ng u maydonga tushmadi va tiklanish jarayonlarini o‘tkazdi.

Yarim himoyachi joriy mavsumda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga erishdi.

"Barselona"ning "Atletiko"ga qarshi o‘yini 23 aprel kuni "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:15 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!