
"Barselona" muxlislari uchun o‘ta noxush xabar! Taxminlar o‘z tasdig‘ini topdi
Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" klubi yarim himoyachisi Pedri Gonsales Evropa ligasi 1/4 finalida "Ayntraxt"ga (2:3) qarshi o‘yinda olgan jiddiy jarohati tufayli mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Kataloniya klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng, 19 yoshli futbolchiga chap sonning ikki bosh suyagi mushagining yorilishi tashxisi qo‘yilgan.
Shifokorlarning fikricha, Pedri joriy mavsumda boshqa maydonga tusha olmasligi mumkin.
Pedri bu mavsum La Ligada 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar