"Barselona" Messining eng qadrli do‘stini sotishi mumkin

  • 10 fevral, 2023, 18:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Himoyachi Jordi Alba yozgi transfer oynasida "Barselona"ni tark etishi mumkin. Kataloniya klubi futbolchilarning maoshlarini 150 million evrogacha qisqartirishi kerak. Ispaniyalik himoyachi jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Shu sababli 33 yoshli futbolchi vaziyat qurboniga aylanishi mumkin, deydi "Fichajes" nashri.

Tecno

Alba 2012 yilning yozida "Valensiya"dan ko‘chib o‘tgandan so‘ng "Barselona"da o‘ynamoqda. O‘shandan beri himoyachi "ko‘k-anorranglilar" safida 448 ta o‘yin o‘tkazib, 26 ta gol va 99 ta assistni amalga oshirdi.

Nufuzli "Transfermarkt" portali Ispaniya terma jamoasi a’zosini 5 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!