
“Barselona” Messidan umidini uzdi
Yozda Messini jamoadan ketishiga yo‘l qo‘ymagan “Barselona” rahbariyati bundan buyog‘iga argentinalik hujumchini ushlab qola olmasligini tan oldi. Agar Leoning o‘zi mavsum so‘nggida klubni tark etishga qaror qilsa, uni olib qolishning imkoni yo‘q ekan.
Ayni paytda yangi bosh murabbiy Ronald Kumanga Messining o‘yini juda ma’qul kelmoqda. Biroq, futbolchining o‘zi Jozep Bartomeu bilan munosabatlarini tiklagani yo‘q. U shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘ygan.
Bundan tashqari, argentinalik hujumchi yaqin do‘sti Luis Suaresni jamoadan ketkazib yuborgan uchun klub xo‘jayinlaridan ham norozi bo‘lmoqda.
Messining keyingi manzili sifatida “Manchester Siti” va PSJ klublarining nomi aytilyapti.
Fikrlar