“Barselona” kutilmaganda asosiy darvozabonini yangilamoqchi

  • 11 oktabr, 2021, 21:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” doimo yuqori saviyadagi darvozabonga ega bo‘lgan. Kataloniyaliklarning so‘nggi nuqtasini qo‘riqlayotgan Mark-Andre ter Shtegen ham katta mahorat sohibi va ishonchli posbon hisoblanadi.

Tecno

Shunga qaramay, “Barselona” mutasaddilari germaniyalik darvozabon o‘rniga boshqasini olmoqchi.  

Kataloniyaliklar zamonaviy futbol tarixidagi eng qimmat darvozabon – Kepa Arrisabalagani transfer qilmoqchi. “Chelsi” bu futbolchini o‘z vaqtida misli ko‘rilmagan summa – 80 million evroga xarid qilgan bo‘lsa-da, ishonchni oqlay olmadi va asosiy tarkibdagi o‘rnini Eduar Mendiga bo‘shatib berdi.

Zaxira darvozaboniga aylangan Kepa anchadan beri unga muntazam o‘yin amaliyoti beradigan klubga o‘tmoqchi bo‘lyapti. Lekin qimmatbaho darvozabonga har qanday jamoa ham ish taklif qila olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!