"Barselona" Koutinoni qanchaga sotmoqchi?

  • 3 aprel, 2019, 22:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida o‘zining braziliyalik yarim himoyachisi Filippe Koutino bilan xayrlashishi mumkin.

Tecno

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar 26 yoshli futbolchining transferini 130 million evroga baholashmoqda. Unga esa hozirda "Arsenal", PSJ, "Manchester Yunayted" va "Chelsi" kabi jamoalardan qiziqishlar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Koutinoni 2018 yilning yanvarida “Liverpul”dan sotib olgan edi. U joriy mavsum jami 43ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!