"Barselona" klubi PSJ yulduzi uchun jiddiy tarzda kurashmoqchi. Uning uchun kataloniyaliklar qancha bermoqchiligi ham ma’lum

  • 5 may, 2021, 22:27
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar faoliyatini sobiq jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, "Barselona" yozda PSJ yulduzi Neymar uchun kurashadi. 29 yoshli braziliyalikni qaytarish kataloniyaliklarning yangi prezidenti Joan Laportaning g‘oyasi. U Neymarni qaytarish orqali Messini jamoada olib qolmoqchi.

Laportaning fikricha, Neymarning transferi klub brendining qimmatlashishiga turtki bo‘ladi. Braziliyalik yulduz parijliklar bilan EChLda chempionlikka erisha olmayapti. U "Barselona" bilan shu musobaqada g‘olib chiqishiga klub prezidenti ishonmoqda va bu uning qaytishi uchun sabab bo‘lishi mumkin.

Kataloniyaliklar Neymar uchun PSJga 100 million evro berishga tayyor. "Barselona" bu pulni jamoadagi ayrim futbolchilarni sotish orqali ishlab topmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!