
"Barselona" himoyachisi jarohat olib, safdan chiqdi
"Barselona" himoyachisi Andreas Kristensen yana jarohat olib, 1 oyga safdan chiqdi.
Xabaringiz bor, Ispaniya La Ligasining 26-turi doirasida Flik boshchiligidagi kataloniyaliklar "Real Sosedad" bilan kuch sinashadi. Mazkur uchrashuv oldidan daniyalik himoyachi mashg‘ulotlarda o‘ng oyog‘ining mushagidan jarohat olgani ma’lum bo‘ldi. Uning bo‘lajak bahsda jamoaga yordam bera olmasligini jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik matbuot anjumanida tasdiqladi.
Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, 28 yoshli fulbek "ko‘k-anorranglilar"ga 1 oy davomida yordam bera olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu vaqt davomida kataloniyaliklar "Real Sosedad", 2 marta "Benfika", "Osasuna", "Atletiko Madrid", "Espanol" va "Jirona" kabi jamoalar bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar