"Barselona" Gomeshni "Vest Xem"ga sotishni xohlamadi

  • 27 may, 2019, 23:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Vest Xem" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Andre Gomeshning transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “bolg‘achilar” 25 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun “ko‘k-anor ranglilar”ga 20 mln evro taklif qilishgan, biroq rad javobini olishgan. Kataloniyaliklar ushbu futbolchini 28-38 mln evro atrofida baholamoqda. Unga esa "Everton" va "Tottenxem" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Gomesh joriy mavsumni ijara asosida “Everton” safida o‘tkazdi va 29ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!