"Barselona" Gabigolni Evropaga qaytarmoqchi

  • 11 dekabr, 2020, 13:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gabigol nomi bilan tanilgan braziliyalik hujumchi Gabriel Barboza yana Evropaga qaytishi mumkin.

Tecno

TNT Sports tarqatgan xabarga qaraganda, “Flamengo”da to‘p surayotgan 24 yoshli futbolchi yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida “Barselona” bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Gabigol bundan avval, “Inter” va “Benfika” klublarida to‘p surgan. Braziliya terma jamoasida 5 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 2 ta gol urgan. U joriy mavsum Braziliya chempionatida 11 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 5 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!