
"Barselona" futbolchisini Frantsiyaga chorlashmoqda
"Barselona" himoyachisi Jan-Kler Todibo faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
RMC Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 21 yoshli futbolchiga "Sent-Eten" klubidan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Frantsuz klubi uni mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. Ammo ular Todibo maoshining bir qismini kataloniyaliklar to‘lab berishini xohlamoqda.
Todibo joriy mavsumni “Benfika” safida ijarada o‘tkazmoqda. U hozircha Portugaliya chempionatida 1 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Ma’lumot uchun, “Barselona” Todiboni 2019 yilning yanvarida “Tuluza”dan 1 mln evroga sotib olgan edi.
Fikrlar