"Barselona" Frantsiya chempionatining o‘rtamiyona klubi darvozabonini sotib olmoqchi

  • 18 may, 2019, 14:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Monpele" klubi darvozaboni Benjamen Lekont faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

Tecno

Midi Libre tarqatgan xabarga qaraganda 23 yoshli posbonga "Barselona"dan qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Frantsuz klubi xo‘jayini esa agar grand jamoalardan takliflar bo‘lsa, uni qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirgan.

Ta’kidlash kerakki, kataloniyaliklar Lekontni yozda jamoadan ketishi kutilayotgan zaxira darvozaboni Yasper Sillessenga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!