
"Barselona" Fatiga katta narx belgiladi, xaridorlar ro‘yxatida APLning 3 grandi bor
"Barselona" yulduzi Ansu Fati faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
Ispan OAV xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi moliyaviy muammolar tufayli Kataloniyani tark etadi. Jamoa rahbariyati uning transferidan kattagina mablag‘ ishlab olishni maqsad qilgan.
"Manchester Yunayted", "Liverpul", "Arsenal" kabi grandlar qiziqish bildirayotgan vinger uchun "ko‘k-anorranglilar" 100 million evro talab qilyapti. Shuningdek, uning maoshi ham kattaligi uchun "Barsa" undan voz kechmoqda.
Joriy mavsum Fati "Barselona" libosida 31 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 gol va 3 assistni yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar